18:10 / 25.11.2015
9129

KUN.UZ dayjesti: 25 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 25 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Rossiya FVV: Aviaaloqalar uzilganidan buyon Misrni 90 mingga yaqin rossiyalik tark etdi>>

Rossiya va Misr o‘rtasidagi aviaaloqalarning to‘xtatib turilganidan boshlab hozirgi kunga qadar 89 mingdan ortiqroq rossiyalik Misrni tark etishgan.

Erdo‘g‘an: Turkiya HHK Su-24ga hujum qilishda uning Rossiya samolyoti ekanini bilmagan>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro islom iqtisodiyoti konferensiyasida mamlakat harbiy havo kuchlari Su-24 samolyotiga hujum qilayotgan vaqtda uning Rossiyaga tegishli ekanini bilishmaganini ma'lum qildi. 

Putin: Turkiyadagi Rossiya fuqarolari xavf ostida qolishi mumkin>>

Turkiya hududida bo‘lgan Rossiya fuqarolari sezilarli darajada xavf ostida qolishlari mumkin, deya ta'kidlab o‘tdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Obama va Erdo‘g‘an: Su-24 samolyotining urib tushirilishiga o‘xshash vaziyat qaytarilmasligi kerak>>

OAV: Rossiya vertolyoti Turkiya orqali AQSh yetkazgan raketa bilan urib tushirildi>>

Rossiyaning 24 noyabr kuni Suriyada urib tushirilgan Mi-8AMTSh vertolyotiga qarshi AQShning BGM-71 TOW tanklarga qarshi kompleksi qo‘llangan. 

Medvedev: Rossiya va Turkiyaning do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetdi>>

Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan Turkiyaning xatti-harakatlari oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetdi.

Ramzon Qodirov urib tushirilgan Su-24 haqida: Turkiya qilmishi uchun pushaymon yeydi>>

Guardian: Abdulhamid Abaud Parijda yana teraktlar sodir etmoqchi edi>>

Parijdagi teraktlar tashkilotchsi Abdulhamid Abaud 13 noyabr voqealaridan keyin yana bir katta terakt tayyorlagan.

Uch yil avval Erdo‘g‘an chegarani ahamiyatsiz buzgan samolyotlarni urib tushirmaslik lozimligini aytgan edi>>

Fransiya energiya obektlari xavfsiligini oshirmoqda>>

Fransiyaning AESlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Fransiyada talonchilar tomonidan garovga olingan fuqarolar ozod qilindi>>

24 noyabr kuni kechasi, Fransiya shimolidagi Lill shahridan uzoq bo‘lmagan Rube shaharchasida (Belgiya bilan chegaradan 2 km ichkarida) noma'lum shaxslar odamlarni garovga oldi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bosh shtabi: “Moskva” kreyseri barcha xavf tug‘diruvchi nishonlarni yo‘q qiladi>>

Fransiya Parij terakti vaqtida qo‘lga olingan 124 kishiga nisbatan ayblov e'lon qildi>>

Parij teraktidan so‘ng, Fransiyada e'lon qilingan favqulodda holat paytida politsiya tomonidan 1233 tintuv ishi o‘tkazildi va unda 124 kishi hibsga olinib, ularga nisbatan ayblov e'lon qilindi. 

Oq uy: IShID tomonidan AQShga hech qanday aniq tahdidlar yo‘q>>

IShID ekstremistik guruhi terroristlari tomonidan AQShga hech qanday aniq tahdidlar mavjud emas.

Forbes: Su-24ning urib tushirilishi Rossiya va Turkiya o‘rtasida harbiy ixtilofni keltirib chiqarmaydi>>

Rossiya Turkiya tomonidan o‘zining Su-24 samolyoti urib tushirilishiga keskin sharhlar berganiga qaramay, ular o‘rtasida keng miqyosli urush kelib chiqishi ehtimoldan uzoq, deb hisoblaydi Forbes jurnali.

Rossiya Mudofaa vazirligida Turkiyaning harakatlari nodo‘stona harakat deb ataldi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirgan Turkiyaning harakatlarini nodo‘stona harakat deb atadi.

NYT: Qunduzdagi shifoxonaga uyushtirilgan AQSh hujumiga nishonlarning og‘zaki bayon qilingani sabab bo‘lgan>>

Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya chegarasi yaqinida ikki nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lganini tasdiqladi>>

Suriyada Turkiya HHK tomonidan urib turishilgan Su-24 samolyotini qidirish-qutqaruv operatsiyasini olib borayotgan Mi-8 vertolyotlaridan biri jangarilar tomonidan nazorat qilinuvchi hududdan o‘qqa tutilishi oqibatida bir nafar Rossiya dengiz piyoda askari halok bo‘ldi.

Suriyada rossiyalik askar vertolyotga hujum chog‘ida halok bo‘ldi>>

Suriyada Su-24 samolyoti uchuvchilarini qutqarish uchun yuborilgan vertolyotga hujum chog‘ida rossiyalik askar halok bo‘ldi.

Tunis hukumati mamlakat poytaxtidagi avtobus portlashida 12 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi>>

Tunis poytaxtidagi avtobus portlashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi.

44 mlrd dollarlik zarba: Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ixtilof shuncha zarar keltirishi mumkin>>

Afg‘onistonda tolibonlar Moldaviya vertolyoti yo‘lovchilarini asir oldi>>

"Tolibon" jangarilari Afg‘onistonning Faryob viloyati hududida Moldaviyaga tegishli vertolyot ekipaji va yo‘lovchilarini garovga olgan.

Hindistondagi suv toshqinlari qurbonlarining soni 176 nafarga yetdi>>

Amerikalik general: Turkiya HHKda Su-24 samolyotini urib tushirishga yetarli asoslar yo‘q edi>>

Top