19:25 / 25.11.2015
9625

Lavrov: Rossiya Turkiyaga qarshi urush ochmoqchi emas

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiyaning Turkiyaga qarshi urush ochishni ko‘zlamayotganini ma'lum qildi, deya xabar qildi TASS.

“Turkiya bilan urushishga tayyorlanayotganimiz yo‘q, turk xalqiga bo‘lgan munosabatimiz o‘zgargani yo‘q. Faqatgina Turkiya hukumatiga savollar paydo bo‘lmoqda”, - dedi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari Antaliyadagi “yigirmatalik” sammiti maydonida Turkiya tomoni bufer (to‘qnashuvchilar orasidagi uchinchi taraf) zonalari va parvozlardan holi hududlarni tashkil etish mavzusini ko‘tarib chiqqanini eslab o‘tdi.

Bundan avvalroq esa Sergey Lavrov Moskva rasmiy Anqara bilan munosabatlari hamda o‘rtadagi kelishuvlarni boshqatdan ko‘rib chiqishini ma'lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tadbirlar Su-24ning urib tushirilishi bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.

Top