Jahon | 18:27 / 25.11.2015
5310
1 daqiqa o‘qiladi

Matviyenko: Rossiya Turkiyadan Su-24 voqeasi tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini kutmoqda

Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning so‘zlariga qaraganda, Moskva Turkiyadan Su-24 voqeasi tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini kutmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Biz Turkiyadan tushuntirish kutmoqdamiz, kechirim so‘ralishini kutmoqdamiz, sodir etilgan harakatning noqonuniyligi tan olinishini kutmoqdamiz, Rossiya hamda ikki halok bo‘lgan zobitning oilasiga yetkazilgan zarar Turkiya tomonidan qoplab berilishini kutmoqdamiz”, - dedi Matviyenko xonim.
Uning so‘zlariga qaraganda, Turkiyaning harakatlari jazosiz qolmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish