11:14 / 25.11.2015
6285

NATOning sobiq generali: Turkiya IShIDdan neft sotib olayotgan bo‘lishi mumkin

NATOning Yevropadagi kuchlarining sobiq qo‘mondoni, amerikalik general Uesli Klarkning taxmin qilishicha, Turkiya IShID bilan savdo aloqalarini o‘rnatgan. Uning taxminiga ko‘ra, Anqara jangarilar tomonidan qazib olinayotgan neftning xaridorlaridan biri hisoblanadi. Bu haqdagi fikrlarini Uesli Klark CNN telekanali efirida aytib o‘tgan.

"Shuni e'tiborga olish kerakki, IShID shunchaki terrorchilik guruhi emas. Balki, sunniylardan tashkil topgan hamda shialarga qarshi tashkilot. Ularning shialarga hujumlari Turkiya va Saudiya Arabistonini qanoatlantiradi, garchi jangarilar tomonidan o‘ziga tahdid mavjud bo‘lsada", deya so‘zlaydi harbiy jurnalistning Turkiya tomonida Suriya hududida Rossiya samolyoti urib tushirilishiga javoban.

"Gap shundaki, Turkiya ham, Saudiya Arabistoni ham Eron, Iroq, Suriya va Livan kabi davlatlar kuchayib, o‘rtada to‘siq paydo qilishini istamaydi", deya qo‘shimcha qilgan iste'fodagi general.

"O‘z vaqtida shunday ma'lumotlar olinganki, Turkiya qandaydir ma'noda IShIDni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular Turkiya orqali IShID safiga borib qo‘shiluvchilarga to‘sqinlik qilishmaydi. Qolaversa, IShIDning neftini kimdir sotib olmoqda va bu katta ehtimol bilan Turkiya. Lekin turklar buni hech qachon tan olishmaydi", deydi Klark.

Top