19:42 / 25.11.2015
5598

OAV: Turkiya Suriya bilan chegara hududiga 20ta tank jo‘natdi

Turkiya Suriya bilan chegaradagi Gaziantep hududiga chegara chizig‘ini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha 20ta tank jo‘natdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bergan.

"Turkiyaning g‘arbiy viloyatlaridan 20ta tank temir yo‘l orqali mamlakatning janubi-sharqiy qismidagi Gaziantep hududiga jo‘natildi. Suriya bilan chegara yaqiniga yo‘l olgan tanklarni politsiya va jandarmeriya qo‘riqlab bormoqda", deyilgan xabarda.

Biroz oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Suriya bilan Turkiya chegarasini jangarilar oqimini to‘xtatish uchun yopib qo‘yishni tavsiya qilgandi.

Top