Jahon | 18:27 / 25.11.2015
2361
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar 2050 yilga qadar aviatsiya chiqindilarini ikki barobarga qisqartirish yo‘lini topdilar

2050 yilga qadar Yer atmosferasiga fuqarolik aviatsiyasi chiqindilarining chiqarilishi 2012 yilga nisbatan ikki barobarga kamaytirilishi mumkin. Nature Climate Change nashrida chop etilgan maqolada bunga qanday erishish mumkinligi bayon qilindi.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, AQShning yo‘lovchi avialiniyalari 2050 yilga qadar chiqindilar hajmini 35 yil davomida chiqindilarni har yili 2 foizga kamaytirib borib, ikki barobarga kamaytirishlari mumkin. Buni samolyotlarni modernizatsiya qilish va parvozlarni boshqarish samaradorligini oshirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Olimlar havo flotining “asosiy ishchi otlari” – Airbus 320 va Boeing 737 samolyotlari uchun chiqindilarni qisqartirishning turli usullari samaradorligini tahlil qilishdi.
Olimlarning aytishicha, ekologik vaziyatni texnikani modernizatsiya qilish uchun xarajatlarni oshirish yo‘li bilangina sezilarli yaxshilash mumkin. Bunday usullardan eng arzoni yo‘lovchilarni samolyotlarga iloji boricha zichroq joylashtirishdan iborat.

Chiqindilarni 2 barobarga qisqaritirishga yengil karbonli karkaslar, yaxshilangan aerodinamikaga ega qanotlar va ochiq rotorli dvigatellardan foydalanuvchi keyingi avloddagi samolyotlar hisobiga erishish mumkin. Keyingi avlod samolyotini oddiy modernizatsiya qilish qanotning uchi ko‘rinishini o‘zgartirish, bioyoqilg‘i va rulni boshqarish uchun elektr transmissiyalardan foydalanishni nazarda tutadi. Olimlarning aytishicha, alohida texnologiya chiqindilarni kamaytirish muammosini hal qilmaydi. Faqatgina bir qator choralarning birgalikda qo‘llanishi karbonat angidrid gazi chiqindilarini yiliga 2 foizdan qisqartirishga imkon beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish