Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda gidravlik ekskvatorlar ishlab chiqarish hajmi oshiriladi
Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Group (XCMG) kompaniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan Urganchdagi UzXCMG qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro hamfikrlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
XCMG kompaniyasi bosh menejyeri Li Chjongning ma'lum qilishicha, hujjat 5-6 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forum jarayonida imzolangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Urganchdagi UzXCMG qo‘shma korxonasi ayni paytda gidravlik ekskvatorlarni ishlab chiqaradi.
2014 yilning may oyida Urganchda gidravlik ekskvatorlar va qurilish texnikalarini ishlab chiqarish hamda ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan UzXCMG o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi ishga tushirilgan edi.
Yangi qo‘shma korxona Urganch ekskvator zavodi bazasida barpo etildi. O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur korxona 1974 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, unda meliorativ ishlar uchun foydalaniladigan trosli ekskvatorlar, zemsnaryad (zemlesos o‘rnatilgan kemacha)lar, kultivatorlar va boshqa ko‘plab metallokonstruksiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.