21:20 / 25.11.2015
10279

Ozodbek Nazarbekov o‘z fan klubi bilan uchrashuvda (Foto)

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ijoddan tashqari faoliyati aks etgan fotosuratlar xonandaning fan-klubi tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi. Bu haqda «Darakchi» nashri xabar chiqargan.

Xonanda «Ozodbek Nazarbekov — Zinnura ishqibozlar klubi» nomli fan-klub tashkil etilganining olti yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan.

«Ozodbek Nazarbekov ijodi bilan birga yangi iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan ham tolmayapti», — deyiladi gazeta xabarida.

Fan-klubga yosh bolalar ham a'zo, suratda esa eng ashaddiy «fanat» — Fazliddin.

Tadbirda 100 nafar muxlisga Ozodbek Nazarbekovning dastxati bilan sovg‘alar topshirilgan.

«Darvoqe, san'atkorning veb-sahifalarini kuzatayotganimizda bir suratga ko‘zimiz tushdi, bu sizlarni ham befarq qoldirmaydi. Shuncha ishidan ortgan Nazarbekov, qizalog‘ining sochini ham mayda kokil qilib o‘rab qo‘yishga vaqt topibdi», — deb yozadi «Darakchi» nashri.

Top