Jahon | 15:27 / 25.11.2015
12346
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiyaning Suriyadagi bazasiga S-300 kompleksi joylashtiriladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlikni ta'minlash uchun barcha vositalar jalb etilishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Suriyadagi harbiy amaliyotlarimizda parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kecha (24 noyabr. – Kun.uz) e'lon qilingan takliflar yetarli emas. Biz buni Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan erta tongga qadar muhokama qildik. Suriyadagi harbiy bazamizga S-300 kompleksi joylashtiriladi. Umid qilamanki, bu biz taklif qilayotgan takliflar ichida yagona chora emas — parvozlar xavfsizligini ta'minlash uchun yetarlicha qo‘llaniladi”, - deya qayd etdi prezident.

Avvalroq esa Shoygu Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga uzoq masofaga mo‘ljallangan S-400 zenit raketa komplekslari joylashtirilishini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish