Jahon | 18:18 / 25.11.2015
5944
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Turkiyani radikal islomni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turk hukumatini radikal islom harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ichki siyosat yuritishda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatmoqda.

«Biz, nafaqat biz, balki – sizni ishontirib aytaman – butun dunyo ko‘rdiki, bugungi Turkiya davlati rahbariyati bir necha yillardan buyon mamlakatni islomlashtirish uchun yetarlicha maqsadli ichki siyosat olib borgan», — deya ta'kidladi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra «Biz o‘zimiz ham Islomni qo‘llab-quvvatlaymiz va buni hozir ham amalga oshiramiz, ammo gap [Turkiyaning] radikal kayfiyatdagi qo‘llab-quvvatlash haqida ketmoqda».

Putinning qo‘shimcha qilishicha, islom — dunyoning buyuk dinlari qatoriga kiradi. U jumladan Rossiya hududida ham an'anaviy dinlardan sanaladi.

Bundan tashqari, Putin, Su-24 bilan bog‘liq voqeaga Rossiya o‘ta jiddiy yondashishini va xavfsizlik uchun barcha vositalardan foydalanishini ma'lum qilib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish