15:42 / 25.11.2015
16332

Putin: Ukraina odamlarning ustidan kulmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hukumatini "odamlarning ustidan kulish"da aybladi. Bunday murojaatni u Qrim aholisining elektrdan uzib qo‘yilishi hodisasiga javoban aytib o‘tgan.

"Albatta, bu muammo bartaraf qilinadi. Lekin meni Kiyevdagilarning tutgan yo‘li hayron qoldirdi. Ularning ishtirokisiz bunday hol ro‘y bermagan bo‘lardi - bu ochiq oydin ko‘rinib turibdi. Ular Qrimni o‘z tarkibiga qaytarish niyatlari haqida qayta-qayta gapirib, odamlarning ustidan kulishmoqda. Ular haqiqatni tan olishni istashmayapti. Mayli, bu ularning tanlovi", deydi Putin Quyi Tagil Davlat kengashi majlisida.

Biroz oldinroq, Rossiya prezidenti 20 dekabrgacha Qrimni elektr bilan ta'minlashga ko‘rsatma bergandi.

Top