11:54 / 25.11.2015
2398

Qozog‘istonda kontrafakt mahsulotlar importchilariga nisbatan choralar kuchaytiriladi

24 noyabr kuni Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Baqitjon Sagintayev sanoat mahsulotining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Qozog‘istonga Erondan muvofiqlik sertifikatisiz import qilinayotgan sement masalasini ko‘rib chiqishdi. 2011 yil boshidan buyon bunday sement eksporti hajmi 6 barobarga oshib, 2014 yilda 241.15 ming tonnani tashkil qildi. Bu holat qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatbardoshligiga jiddiy ta'sir o‘tkazadi, natijada butun mamlakatda sement ishlab chiqarishi zarar ko‘rishi mumkin.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra milliy iqtisodiyot vazirligiga investitsiyalar va rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Eron sementi importi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanayotgan sub'yektlarda reviziya o‘tkazish topshirildi. Sertifikatlar hamda milliy qonunchilik talablariga monand markirovkaga ega bo‘lmagan tovarlarni iste'moldan chiqarish, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarni javobgarlikka tortish ko‘zda tutilmoqda.

Top