Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda voyaga yetmaganlar ham daromadlari to‘g‘risida dekloratsiya topshirishadi
19 noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti yalpi dekloratsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, endilikda Qozog‘istonning voyaga yetgan barcha fuqarolari, oralmanlar (mamlakatga turli davlatlardan ko‘chib kelgan etnik qozoqlar) va yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar daromadlari va mol-mulklari to‘g‘risida deklaratsiyani majburiy tartibda taqdim etadilar.
Ushbu tartib ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mol-mulk, bank hisob raqamlarida 3,4 million tangadan ziyod jamg‘armasi yoki byudjyetdan olinadigan mablag‘lardan tashqari har qanday daromadga egalik qilish huquqi bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ham taalluqli. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazilishi taqozo etiladigan mulklarga ega xorijliklar ham deklaratsiya qilishlari lozim. Yaqin kunlarda deklaratsiya shakllari, ularni to‘ldirish qoidalari va taqdim etish muddatlari o‘rnatiladi.
Qayd etilishicha, mazkur qonun bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 2017 yilda aholining nisbatan tayyor qismi, ya'ni deputatlar, sudyalar, davlat xizmatchilari va ularning turmush o‘rtoqlari yalpi dekloratsiya qilish jarayoniga jalb etiladi. Ikkinchi bosqich esa 2020 yildan boshlanadi. Unda aholining qolgan qismi ham deklaratsiya taqdim etilishi majburiy tartibda amalga oshiriladi.