Jahon | 22:03 / 25.11.2015
2431
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi Afrika davlatlariga safar boshladi

Rim papasi Frantsisk Afrika davlatlariga tashrifini boshladi. Pontifik samolyoti Keniyaga qo‘ndi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Katoliklar rahbari dindorlar oldida chiqish qiladi va nasroniylar va musulmonlar o‘rtasidagi nizolarni hal etishga harakat qiladi.

Frantsisk Keniyadan so‘ng, jiddiy diniy qarama-qarshiliklar ketayotgan Uganda va Markaziy Afrika Respublikalarida bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish