Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiya bilan munosabatlari va kelishuvlarini qayta ko‘rib chiqadi
Moskva rasmiy Anqara bilan munosabatlari hamda o‘rtadagi kelishuvlarni boshqatdan ko‘rib chiqadi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga qaraganda, bu tadbirlar Su-24ning urib tushirilishi bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
“Bizning munosabatlarimizdagi bugungi vaziyat, Anqarada ishlayotgan, ularning hukumati bilan tuzilgan o‘rtadagi kelishuvlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, prezident aytganidek, biz o‘zaro munosabatlarimizda bo‘layotgan narsalarni jiddiy ravishda qayta ko‘rib va qayta tahlil qilib chiqamiz, bizning samolyotga sodir etilgan hujum nuqtai nazaridan”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.