19:03 / 25.11.2015
4773

Rossiyalik musiqachi Yuriy Loza yoshligida o‘g‘rilikda ayblanib, O‘zbekistondagi qamoqxonada o‘tirgan

Rossiyalik taniqli musiqachi, bastakor, qo‘shiqlar muallifi Yuriy Loza yoshligida O‘zbekiston qamoqxonalarining birida o‘tirgan. Bu haqda Bari Alibasov «Integral» guruhining yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga gapirib o‘tgan.

«Kassada «chiptalar qolmagan» deb yozilgan yozuv taxtasi ilib qo‘yilgandi. Biz sahnaga chiqqanimizda esa bor yo‘g‘i zalning yarim qismi to‘lganini ko‘rdik. Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin? Aslida esa ular chiptalarni o‘zlari olib uni naqd pulga qimmatga sotib foydasini cho‘ntakka urishni maqsad qilishgan ekan. Men Saratov filarmoniyasi direktoriga shikoyat qildim. U zudlik bilan musiqachilarning Saratovga qaytishiga ko‘rsatma berdi. Voqea esa O‘zbekistonda sodir bo‘lgandi.

«Endigina samolyotga chiqay deganimizda, direktor militsiyaga Loza va bizning bas-gitarachimiz uning 10 ming rubl pulini o‘g‘rilab olganini bildirib shikoyat qilibdi. O‘sha paytlarda bu katta pul edi. Biz aeroportda qoldik, militsiya xodimlarni ularni olib ketishdi. O‘shanda umrimda birinchi marta yig‘lagandim. Militsiya ularni qo‘yib yuborishi uchun shuncha pulni topishimiz kerak edi», – deya Bari Alibasovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ProZvezd.

«Ha o‘tirganmiz. Shunaqa vaziyat ham bo‘lgan», – deya Barining gapini tasdiqlab o‘tgan Loza.

Top