Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘g‘diyona» keyingi mavsumda ham Oliy Ligada ishtirok etishini ta'minladi
Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Birinchi ligada 2-o‘rinni egallab o‘tish turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan Toshkentning «Oq-tepa» jamoasiga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozongan jizzaxliklar keyingi yilda ham O‘zbekistonning asosiy chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi 29-daqiqasida «So‘g‘diyona» futbolchisi Sanjar Rashidov hisobni ochdi. Uning olis masofadan yo‘llagan zarba avval darvoza to‘siniga, so‘ngra darvozabon Mixail Naumovga tegib, to‘rga borib tushdi.
Ikkinchi bo‘limning 8-daqiqasida birinchi liga vakillari hisobni tenglashtirishdi. Sobiq «Paxtakor» hujumchisi Temur Hakimov raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va jizzaxliklar posboni Spirodonovni dog‘da qoldi.
O‘yinning so‘nggi qismida «Oq-tepa» vakillari hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Avvaliga Temur Hakimov, keyinroq Abdulaziz Yusupov qulay imkoniyatlar foydalana olmadi.
Davron Fayziyev tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Akmal Abdurahmonov uchrashuvning 79-daqiqasida «So‘g‘diyona»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Natijada 2:1 hisobida g‘alaba qozongan jizzaxliklar Oliy ligadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Toshkentning «Obod» jamoasi liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, Samarqandning «Dinamo» klubi esa Oliy liga so‘nggi o‘rinni egallab birinchi ligaga ravona bo‘lgandi.
«OQ-TePA» – «SO‘G‘DIYoNA» 1:2 (0:1)
Gollar: Temur Hakimov (53) — Sanjar Rashidov (29), Akmal Abdurahmonov (79).
manba kun.uz