Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasida tadbirkorlik sub'yektlari murojaatlari uchun shtab tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasi prezidiumining 14 sentabridagi qarori asosida O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi qoshida tadbirkorlik sub'yektlari murojaatlari uchun doimiy shtab tashkil etildi.
Qo‘mita matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu shtabda tadbirkorlik sub'yektlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida uchrayotgan to‘siqlar yuzasidan ariza va shikoyatlari, murojaatlari qabul qilinadi.
Shtabga bo‘lgan murojaatlar adliya vazirligi, davlat soliq qo‘mitasi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi, savdo-sanoat palatasining tegishli mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi.