08:57 / 25.11.2015
3156

Surxondaryoda qariyb 10 ming dollarni sotishga harakat qilgan valyutafurush qo‘lga olindi

SVOJJDLQK departamentining Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman bo‘imi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro G‘. Danayevaning arizasiga asosan tumandagi dehqon bozori yaqinida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Mamaray Mamatov sherigi Botir Sherboyev bilan birgalikda 9.5 ming dollarni ma'lum summaga kelishib sotayotganida qo‘lga olindi. Ularning yonidan 2.115 mln so‘m olib qo‘yildi.

“Huquq” nashrining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qisqa muddatda valyutafurushlarga jazo tayinlangan.

Top