Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:36 / 25.11.2015
4231
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyada rossiyalik askar vertolyotga hujum chog‘ida halok bo‘ldi
Suriyada Su-24 samolyoti uchuvchilarini qutqarish uchun yuborilgan vertolyotga hujum chog‘ida rossiyalik askar halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Operatsiya chog‘ida bir vertolyot o‘qqa tutildi va neytral hududga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bir nafar shartnoma asosida xizmat qiluvchi askar halok bo‘ldi”, — dedi Rossiya bosh shtabi vakili Sergey Rudskoy.
Turkiya samolyoti tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyotini qidirish uchun ikkita Mi-8 vertolyoti jo‘natilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish