Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi kollejda Samsung akademiyasi ochiladi
2015 yilning 27 noyabr kuni Toshkent Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida Samsung Innovatsion servis akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi.
Akademiya 2015 yilning 6 iyun kuni Toshkentda Samsung Electronics , O‘zbekiston Ekologik harakati va kasb-hunar kolleji o‘rtasida imzolangan uning tashkil etilishi to‘g‘risidagi Memorandum doirasida ochilmoqda.
Samsung Electronics Central Eurasia tomonidan kollej hamkorligida bir auditoriya va ikkita laboratoriyadan iborat majmua jihozlanib, yangi o‘quv modullari ishlab chiqariladi va amaliyotga joriy etiladi. Shunday qilib, kollej avvallari mutaxassisliklar ro‘yxatida bo‘lmagan ikkita yangi yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlay boshlaydi: Samsung mobil qurilmalarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish hamda Samsung raqamli televizorlariga xizmat ko‘rsatish.