Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Yaponiyada 1,6 mln dona avtomobilini xavfsizlik yostiqchasidagi muammolar tufayli chaqirib oladi
Yaponiyaning Toyota Motor avtokonserni Takata firmasi tomonidan tayyorlangan xavfsizlik yostiqchasi sifatini yana bir marta tekshirib ko‘rish uchun mamlakat hududagi 1,6 mln dona avtomobilni qaytarib oladi, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Ortga qaytarib olinadigan mashinalar 22 markadagi modellar bo‘lib, jumladan bularning tarkibida Vitz modeli ham kiradi.
Yaponiya transport vazirligi vakili Masato Saxasining so‘zlariga ko‘ra, mazkur avtomobillarning bir qismi oldinroq ortga qaytarib olingan va sifati yaxshi deb topilmagan yostiqchalar almashtirilgandi.
Shu bilan birga, Toyota oktabr oyida xuddi shu firma yostiqchalaridagi nuqsonlar tufayli Nissan X-Trail yo‘lovchilari jarohat olgani sabab ham bu muammo o‘zlarida qaytarilmasligi uchun ham shu ishga qo‘l urishgan.
Oldinroq AQShda Takata firmasi tomonidan chiqarilgan xavfsizlik yostiqchalaridagi nuqsonlar tufayli 19 mln avtomobilni ortga qaytarib olgandi.