18:12 / 25.11.2015
2953

Tunisda prezident qo‘riqchilari avtobusiga terrorchi xudkush hujum uyushtirgan

Tunis poytaxtida 24 noyabr kuni mamlakat prezidenti qo‘riqchilari mingan avtobusi portlashi xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda prezidentning xavfsizlik xizmati boshlig‘i Xichem Garbi ma'lumot bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchining yelkasida safar xaltasi bo‘lgan. U avtobusga kirgach, portlash sodir bo‘lgan.

Terakt natijasida 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan 12 nafari prezident qo‘riqchilari edi, o‘n uchinchi qurbonning shaxsi aniqlanmoqda.

Tunis Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, 20 kishi jarohatlangan, ularning 14 nafari tinch aholi vakili bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni prezidentning qo‘riqchilari ketayotgan avtobusning portlatib yuborilgan.

25 noyabr kuni shu munosabat bilan Tunisda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etildi.

Top