08:16 / 25.11.2015
6644

Uch yil avval Erdo‘g‘an chegarani ahamiyatsiz buzgan samolyotlarni urib tushirmaslik lozimligini aytgan edi

Turkiya prezidenti  Rajab Toyib Erdo‘g‘an ikkiyuzlamachilik qilganlikda ayblanmoqda. Bir qator OAVlar Erdo‘g‘anning chegarani ahamiyatsiz buzgan samolyotlarga nisbatan qattiqqo‘llik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik haqida uch yil avval aytgan so‘zlarini chop etishdi.

“Chegara hududini qisqa muddatli buzish hujum qilishga asos bo‘lmaydi”, deb Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Suriya chegarasini buzgan Turkiya samolyotini urib tushirgandan keyin aytgan edi Erdo‘g‘an.

O‘shanda Anqara Damashqni qattiqqo‘l tajovuzkorlikda ayblagan edi.

Biroq Rossiyaning Su-24 samolyoti borasida Erdo‘g‘an o‘zining uch yil avvalgi gaplariga zid fikrni bildirdi.

“Bu hududimizga kirgan samolyot bizning G‘-16 samolyotimiz tomonidan urib tushirildi”, deb aytdi Erdo‘g‘an. Turkiya hukumati Rossiya harbiy samolyoti Turkiya chegarasini buzganligini ta'kidlamoqda. Biroq Turkiya bu holatni isbotlovchi dalillar keltira olmadi.

Top