Sport | 10:18 / 25.11.2015
3080
3 daqiqa o‘qiladi

UYeFA yil jamoasiga nomzodlarning kengaytirilgan ro‘yxatida APLdan 5, La Ligadan 16 nafar futbolchi joy oldi

Barcha qit'alarda bo‘lgani kabi Yevropada ham yil terma jamoasi tuziladi.

UEFA`ning yil yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida yil jamoasi ham e'lon qilinadi. Tashkilotning rasmiy saytida, yil jamoasidan o‘rin olishga nomzod bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxati ma'lum qilindi.

Unda APLdan 5 nafar, La Ligadan 16 nafar, A seriyadan 6 nafar, Bundesligadan 8 nafar, Fransiya chempionatidan 4 nafar futbolchi bor. Ukraina chempionatining yagona vakili esa o‘tgan Yevropa ligasining mavsum finalchisi, "Dnepr" jamoasi darvozaboni Denis Boyko.

Darvozabonlar: Janluiji Buffon («Yuventus», Italiya), Jo Xart («Manchester Siti», Angliya), Manuel Noyyer («Bavariya», Germaniya), Denis Boyko («Dnepr», Ukraina)

Himoyachilar: David Alaba, Jyerom Boateng (ikkalasi – «Bavariya», Germaniya), Leonardo Bonuchchi, Djordjo Kellini (ikkalasi – «Yuventus», Italiya), Daniel Alves, Jyerar Pike, Xaver Maskerano (hammasi – «Barselona», Ispaniya), Tiago Silva, David Luiz (ikkalasi – «PSJ», Fransiya), Diyego Godin («Atletiko», Ispaniya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Rikardo Rodriges («Volfsburg», Germaniya)

Yarim himoyachilar: Andres Inesta, Ivan Rakitich (ikkalasi – «Barselona», Ispaniya), Pol Pogba, Klaudio Markizio (ikkalasi – «Yuventus», Italiya), Gjyegoj Kryxovyak («Sevilya», Ispaniya), Yevgeniy Konoplyanka («Dnepr», Ukraina / «Sevilya», Ispaniya), Xames Rodriges («Real», Ispaniya), Kevin de Bryuyne («Volfsburg», Germaniya / «Manchester Siti», Angliya), Xakan Chalxanoglu («Bayyer», Germaniya), Eden Azar («Chelsi», Angliya), Marko Verratti («PSJ», Fransiya), Arturo Vidal («Yuventus», Italiya / «Bavariya», Germaniya)

Hujumchilar: Lionel Messi, Neymar, Luis Suares (hammasi – «Barselona», Ispaniya), Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl (ikkalasi – «Real», Ispaniya), Tomas Myuller, Robert Levandovski (ikkalasi – «Bavariya», Germaniya), Serxio Aguero («Manchester Siti», Angliya), Aleksis Sanches («Arsenal», Angliya), Antuan Grizmann («Atletiko», Ispaniya), Zlatan Ibragimovich («PSJ», Fransiya), Alvaro Morata («Yuventus», Italiya).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish