O‘zbekiston | 17:19 / 25.11.2015
4674
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina O‘zbekiston avtomobillari importiga 12,12 foizlik maxsus boj joriy etadi

2015 yilning 5 dekabridan Ukraina Xalqaro savdo bo‘yicha vazirliklararo komissiyasining O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarining mamlakatga importiga bojxona qiymatining 12,12 foizi miqdorida maxsus boj joriy etish to‘g‘risidagi qarori kuchga kiradi.

Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur qaror O‘zbekiston tomonidan kamsitiluvchi va nodo‘stona harakatlar sodir etilganiga javob tariqasida qabul qilindi, biroq O‘zbekistonning bunday “kamsitiluvchi va nodo‘stona harakatlari” to‘g‘risida hech qanday oydinlik kiritilmagan.

Ukraina statistika mahkamasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida Ukrainaga 1 mln 159,7 ming dollarlik 167 dona avtomobil eksport qilingan, Ukraina esa bu davrda O‘zbekistonga 948,1 ming dollarlik 104 dona avtomobil yetkazib bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish