Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya kompaniyalarining tranzit parvozlariga taqiq o‘rnatadi
Ukraina o‘z hududi orqali Rossiya aviakompaniyalarining tranzit parvozlariga taqiq o‘rnatadi. Yangi taqiq to‘g‘risida Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ma'lum qildi, deya xabar berdi “112 Ukraina” telekanali.
“Hukumat “Ukraeroruxu”ga xalqaro qonunchilikka mos ravishda Rossiya aviakompaniyalari va Rossiya samolyotlari endi Ukraina aviatsion kengliklaridan foydalana olmasligi haqida Rossiyani xabardor qilish vazifasini topshiradi. Harbiy samolyotlar, shuningdek, harbiylar va harbiy yuklarni tashuvchi samolyotlarga nisbatan taqiq allaqachon amalga tadbiq etilgan edi. Hozirda mazkur taqiq barcha Rossiya fuqarolik aviatsiyasi uchun taalluqli”, - dedi bosh vazir.
Bundan avvalroq esa Ukraina tomoni mazkur taqiqlardan ko‘riladigan zarar miqdorini hisoblab chiqqani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, yangi tartib sababli “Ukraeroruxu” 10 million yevro zarar ko‘radi.