Jahon | 11:50 / 25.11.2015
1999
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriyada terakt amalga oshirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan 4 kishi qo‘lga olingan

Vengr politsiyasi terrorchiligi gumon qilingan 4 kishini qo‘lga olgan.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, Vengriya aksilterror markazi o‘tgan haftada bu shaxslarni qo‘lga tushirgan, lekin bu haqda endigina ma'lum qilmoqda.

Ularning barchasi Budapeshtga kirish yo‘lida, bir mashinadaligida qo‘lga tushgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ularning mashinasidan portlovchi mashina topilgan. Ular yashaydigan uydan esa qo‘lbola bomba tayyorlanadigan labaratoriya aniqlangan.

Ularning yoshlari, jinsi va millati haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Shuningdek, ularning qaysi terrorchi guruhiga aloqadorligi ham bildirilmagan.

Ularning IShID yoki boshqa global tashkilotlarga aloqador yoki aloqador emasligi to‘g‘risida bir necha kundan keyin ma'lum qilinadi.

Oxirgi haftalarda Vengriyada ham xavfsizlikni ta'minlash choralari kuchaytirilgan. Huquq tartibot organlari xodimlari Parijda 13 noyabr kuni amalga oshirilgan va 130 kishining o‘limi bilan yakunlangan terakt tufayli chegaralarni qat'iy nazorat qilmoqda va tekshiruvlar olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish