Jahon | 09:30 / 26.11.2015
7659
2 daqiqa o‘qiladi

«'»: Rossiya Suriyadagi aviatsiyasiga 12ta yangi samolyot qo‘shiladi

Rossiya Suriyadagi "Xmeymim" aviabazasiga 10-12ta qiruvchi samolyot bilan ta'minlashi kutilmoqda. «Kommersant'» nashrining harbiy doiralardagi manbasiga asoslanib, xabar tarqatishicha, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi Su-24 samolyotining urib tushirilishidan tegishli xulosalar qildi va Suriyadagi 24ta bombardimonchi samolyotning har biri kuzatuvchi samolyotlar bilan ta'minlanadi.

Manbaning yozishicha, bungacha Rossiya samolyotlariga Suriyadagi jangarilarning yerdan turib xavf solish imkoniyati bo‘lmagani tufayli bombardimonchi samolyotlarning xavfsizligi uchun ularga kuzatuvchilar biriktirilmagandi. Rossiya AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan esa zarba kutmagandi.

Turkiya qiruvchi samolyoti Su-24 samolyotini urib tushirganidan so‘ng, Rossiya Mudofaa vazirligi "Xmeymim"dagi aviabazasini 10tadan 12tagacha yangi samolyotlar bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda bu aviabazada Rossiyaning jami 34ta harbiy samolyoti bor. Shundan 24tasi Su-24M va Su-34 hisoblanadi. Endi ularning har biri Su-27SM va Su-30SM bilan birgalikda harbiy amaliyotlar o‘tkazadi.

Biroz oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi bazani S-400 raketadan mudofaa majmualari bilan ta'minlash rejasiga roziligini bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni "orqadan zarba berish" deb baholagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish