Jahon | 12:54 / 26.11.2015
6698
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh: S-400 Suriyadagi operatsiyani davom ettirishimizga xalaqit bermaydi

Rossiyaning Suriyaga o‘z samolyotlarini himoya qilish maqsadida S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimini yuborish haqidagi qarori AQSh harbiy havo kuchlariga bu davlatdagi missiyasini davom ettirishga xalaqit bermaydi.

Bu haqda AQSh harbiy kuchlari markaziy qo‘mondonligida harbiy havo operatsiyalari uchun javob beradigan general-leytenant Charlz Braun Air Force gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
“Bu darhaqiqat vaziyatni biroz murakkablashtiradi, va biz o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi, lekin biz DAYeShni (IShIDning arabcha abbreviaturasi) davom ettirish yo‘lidagi ishimizni qilishda davom etamiz”, - dedi u, jurnalistning Rossiyaning xatti-harakatlari borasidagi savoliga javob berarkan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishidan so‘ng rasmiy Moskva o‘z samolyotlarini himoya qilish maqsadida ushbu davlatga S-400 tizimlarini olib kelishga qaror berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish