Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atlantada boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni O'Nil Bell otib ketildi
Yamaykalik bokschi, sobiq jahon chempioni O'Nil Bell AQShning Atlanta shahrida noma'lumlar tomonidan talonchilik paytida otib ketildi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari ma'lum qilishdi.
Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli sportchi va uning do‘sti avtobusdan tushayotganlarida ularga qarata ikki kishi o‘q uzgan. Bell voqea joyida halok bo‘lgan, uning do‘sti jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, erkaklarga nisbatan talonchilik amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Huquq-tartibot muassasalari voqeani tergov qilishmoqda.
O'Nil Bell og‘ir vazn toifasida IBF va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Bell WBC talqini bo‘yicha o‘z vaqtida dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida 2-o‘rinni egallagan.