Jamiyat | 10:41 / 26.11.2015
3924
1 daqiqa o‘qiladi

Avariyada halok bo‘lgan aktyor Pol Uokerning otasi Porsche ustidan sudga ariza berdi

2013 yilda yo‘l-transport hodisasi tufayli olamdan o‘tgan Pol Uokerning otasi Porsche nemis avtokompaniyasini sudga berdi, deya xabar qilmoqda Associated Press.

Qayd etilishicha, aktyorning otasi o‘g‘li ketayotgan Porsche Carrera GT avtomobilida farzandining hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan ayrim xavfsizlik funksiyalari mavjud emasligini da'vo qilib chiqdi. Da'voda ruldi Pol Uoker bo‘lgan avtomobilda avariyaga uchragan boshqalar tomonidan avtoishlab chiqaruvchiga qarshi ilgari surilgan ishlardagi kabi xavfsizlik funksiyalari tilga olib o‘tilgan.

Bundan avvalroq esa Porsche avtokompaniyasi vakili yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan aktyorning qizi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishga munosabat bildirgan edi.
Biroq o‘tkazilgan tergov jarayonida avariyaga texnik nosozlik emas, balki tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgani aniqlangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish