08:28 / 26.11.2015
2902

Avstraliya janubidagi o‘rmon yong‘inlari sababli ikki kishi halok bo‘ldi

Avstraliya janubidagi Adelaida shahri hududida kuzatilgan o‘rmon yong‘inlari natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana bir necha kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Associated Press mahalliy hukumat ma'lumotiga asoslangan holda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inlar bir necha xonadonlarni bag‘riga olib ulgurdi, hozircha vaziyat nazoratdan chiqqan holatda. Janubiy Avstraliya shtati bosh vaziri Jyey Uezeril uchinchi qurbon bo‘lgan kishi haqida ham tasdiqlanmagan ma'lumotlar borligini ma'lum qildi.
Yong‘in qamrab olgan hududning umumiy maydoni 85 ming gektarni o‘z ichiga oladi. Jabrlanganlar orasida yong‘in xavfsizligi xodimlari ham bor.

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligi maydonlari va o‘rmon hududlari xavf ostida qolmoqda. Shu bilan birga, shtat markazi Adelaida shahriga ham yong‘inlar chang solayapti.
Shtat bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning umumiy soni 13 nafarga yetgan bo‘lib, ularning ikki nafari o‘t o‘chirish xodimidir.

Jabr ko‘rganlarning barchasi mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan.
Ayni paytda favqulodda holat xizmatlari o‘t bilan kurashni davom ettirmoqda — 300dan ziyod yong‘in xavfsizligi xodimlari 40 kilometr hududda olovga qarshi chiqmoqda.

Top