O‘zbekiston | 22:11 / 26.11.2015
4378
1 daqiqa o‘qiladi

Chelyabinskdagi shaxtada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning yaqinlari 2 milliondan ziyod tovon puli olishadi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi “Markaziy” (“Tsentralnaya”) konida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga 2 million 25 ming rubl miqdorida sug‘urta tovon puli to‘lanadi. Bu haqda mamlakat sug‘urta majburiyati milliy ittifoqi prezidenti Andrey Yurev ma'lum qilgan.

Halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqaroligiga ega 24 va 52 yoshli shaxslar hisoblanadi.

Butunrossiya sug‘urta ittifoqi matbuot xizmati ma'lum qilganidek, sug‘urta kompaniyasi “Markaziy” konining sug‘urta shartnomasini tasdiqlagan. Agar sug‘urta qilish amalga oshirilganligi tasdiqlansa, kompaniya sug‘urta tovon pulini to‘lashga tayyor.

Andrey Yurev hozirda mamlakatdagi amaldagi qonunchilikda xavfli obektlarda mehnat qiluvchilar jismoniy yoki yuridik shaxs qoshida sug‘urtadan o‘tishlari shartligi keltirib qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish