Texnologiya | 18:57 / 26.11.2015
2923
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo haydovchilarining yarmi avtonom tizimdagi mashinalarni istadi

Dunyoning eng yirik shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi orasidan har 10 nafaridan 6 nafari avtonom boshqarish tizimidagi mashinalarda yurishni istashini ma'lum qildi. Bu haqdagi ma'lumotlar Xalqaro iqtisodiy forum tomonidan keltirildi.

Bunday avtomobillarga eng katta qiziqish bildirganlar Xitoy, Hindiston va BAA fuqarolari bo‘ldi. AQSh va Buyuk Britaniyada so‘rovnomada ishtirok etganlarning yarmi ularning fikriga qo‘shildi. Avtonom tizimlarga eng kam qiziqish bildirganlar Germaniya va Yaponiya vakillari bo‘ldi.

Respondentlarning 46 foizi avtonom tizimlarni avtomobilsoz kompaniyalarning o‘zlari ishlab chiqarishini istamoqda. 69 foizi esa bu firmalar boshqa texnika yetkazuvchilari bilan hamkorlik qilishini xohlaydi.

Respondentlarning uchdan ikki qismi mashinalar gibrid tizimda ishlashini ma'qul topdi.

Xalqaro iqtisodiy forum ekspertlari, shuningdek, Dubay, Xelsinki, Nyu-York, Amsterdam, Singapur va Toronto shaharlarining amaldorlari va siyosatchilari fikri bilan qiziqib ko‘rdi. Ularning ko‘pchilik qismi bunday transport vositalari kichik masofalarga mashinada borish bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishini ta'kidladi.
Shu bilan birga, shaharlarning katta qismi avtonom mashinalar infrastrukturasini rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani ma'lum bo‘ldi. Bunday transport qo‘llashga tayyorgarlik Singapur, Gyoteborg (Germaniya) va Milton-Kinsda (Buyuk Britaniya) ketmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish