Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:04 / 26.11.2015
7619
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an Suriya IShIDni moliyalashtirayotganiga ishonchi komilligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning aytishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad va uning tarafdorlari IShIDning moliyaviy ta'minoti manbai hisoblanadi.
Uning aytishicha, Suriya IShIDga puldan tashqari qurol-yarog‘ yetkazib beradi.
Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Turkiya Asad rejimiga qarshi kurashayotgan turkmanlarga va muxolif kuchlarga yordam berishda davom etadi.
Biroz oldinroq, Erdo‘g‘an Su-24 samolyoti qanday sabab bilan qulagani haqida aytib o‘tgandi.