21:30 / 26.11.2015
13783

Erdo‘g‘an: Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun kechirim so‘ramaydi

Turkiya Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotini urib tushirgani uchun kechirim so‘ramaydi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an CNN kanaliga bergan intervyusida.

“Mening fikrimcha, kimdir kechirim so‘rashi kerak bo‘lsa ham, faqatgina biz emas. Bizning havo hududimizni buzganlar kechirim so‘rashi kerak”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, turk uchuvchilari va qurolli kuchlari o‘z vazifalarini bajarganlar, bu vazifa qoidabuzarlik uchun javob berishdan iborat bo‘lgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya tomonidan Su-24 samolyoti uchun hanuzgacha ravshanroq kechirim olinmaganini aytgan edi.

Top