18:44 / 26.11.2015
2307

FIFA Axloq qo‘mitasi Blatterni futboldan chetlatish huquqiga egaligi aytildi

FIFA axloq qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatterni o‘z lavozimidan chetlatish huquqiga ega. Bu haqda qo‘mita matbuot kotibi Andreas Bantel ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni FIFA axloq qo‘mitasining tergov palatasi arbitraj palatasiga Blatter va UYeFA rahbari Mishel Platinini umrbod futboldan chetlatish bo‘yicha tavsiyanoma bergandi.

Shveytsariyalik mansabdor oldinroq, uz huquqlari uchun kurashishini va faqatgina FIFA kongressi uni chetlatishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgandi. 

«FIFA axloq kodeksi har bir futbol odamiga tegishli. Unda kim uchundir istisnolar yo‘q», — deya Bantelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Qayd qilinishicha, arbitraj palatasi Blatter va Platini bo‘yicha qarorni dekabr oyida chiqarishi kutilmoqda.

Top