Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Powertrain Uzbekistan samaradorroq dvigatel yaratish ustida ishlamoqda
GM Powertrain Uzbekistan O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi samaradorroq dvigatel yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda kompaniyaning bosh direktori Jyennifer Bigelou Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Korxona kelajak haqida o‘ylagan holda yangi, samaradorroq dvigatel yaratish ustida ishlamoqda”, - dedi u.
Bigelou xonim ishlanmalarning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi.
GM Powertrain Uzbekistan yengil avtomobillar uchun yiliga 225 ming dona kuch qurilmalarini ishlab chiqaradi. U Asakadagi asosiy avtoyig‘ish konveyeriga Spark, Cobalt, Lacetti (Gentra) rusumlariga mo‘ljallangan dvigatellar yetkazib beradi.