19:04 / 26.11.2015
3318

Huawei kompaniyasi Mate 8 fabletini rasman taqdim qildi

Bugun, 26 noyabr kuni Huawei kompaniyasi o‘zining yangi flagmani – Mate 8 fabletini rasman taqdim etdi. Fabletga yangi 8 yadroga ega HiSilicon Kirin 950 protsessori (4 ta yadro 2,7 chastotali Cortex-A72 hamda yana 4 tasi 1,8 chastotali Cortex-A53) o‘rnatilgan. Unga 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira (4 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotiraga ega versiyasi ham mavjud) o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, qurilma 16 Mp asosiy hamda 8 Mp old kameraga ega. Akkumulyator hajmi 4000 mA/soatni tashkil qiladi. Mate 8 Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, fablet 604 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

Top