13:10 / 26.11.2015
22083

Inqiroz tufayli Qozog‘iston avtobozorlarida qimmat chet el mashinalari suv-tekin bo‘lib ketdi

Moliyaviy inqiroz, valyuta narxining ko‘tarilishi, savdolarning keskin tushib ketishi munosabati bilan Qozog‘istonda avtomobil bozorida narxlar tushishi kuzatildi, bu esa, o‘z navbatida, chet el mashinalarining arzon-garovga ko‘p miqdorda sotilishiga sabab bo‘lmoqda.

Qozog‘iston avtobiznesi uyushmasi vakillarining tan olishicha, mamlakat avtobozori dastlabki yarim yillikda 53 081 dona avtotransport sotilgan. Yillik miqyosda bozordagi tushish 31 foizga teng bo‘lgan. Shu bilan birga, ikkilamchi mashina bozori gullab-yashnamoqda.

“Aslida hammasi juda oddiy: odamlarda salondan mashina olajak pul yo‘q hozir. Salonda xarid qilinadigan mashinalar ular bilan shartnoma va kafolat bilan bog‘langani sir emas. Shu bois narxlar yuqoriroq. Natijada bizning bozorga kelib o‘ziga kerakli mashinani tanlash osonroq bo‘lmoqda. Bozorda darhaqiqat savdolashib, yaxshigina narxni tushirish mumkin, agarda u sizga yoqsa va egasi uni rostanam sotmoqchi bo‘lsa”, - dedi “Bars III” avtobozori bosh ma'muri Ruslan Temmoyev.

Uning davom etishicha, narxlar tushishda davom etmoqda. Bu ko‘p jihatdan dollar kursi bilan bog‘liq holatdir. Sotuvchilar bozordagi vaziyatni inobatga olgan holda sekin-asta narxni tushirib bormoqda.

Shu bilan birga, faqat eski mashinalar emas, balki nisbatan yangi chet el mashinalarining narxlari ham pastga tushmoqda.
Bundan tashqari, ilgari mashinalar narxlari dollarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir sotuvchilar tangaga ko‘chmoqda.

Top