Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:26 / 26.11.2015
5987
1 daqiqa o‘qiladi
Kremlda Putin va Olland muzokaralari boshlandi
Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Fransua Olland o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru” muxbiri.
Muzokaralar boshida Putin Parij terakti munosabati bilan Rossiya Fransiya qatori motamda ekanligini bildirib o‘tgan. O‘z navbatida, Olland teraktlarga munosabati uchun Rossiya tomoniga minnatdorchilik bildirdi.
Muzokaralar yakunida Putin va Olland ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
