Jahon | 09:41 / 26.11.2015
2755
2 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi Yevropada xavfsizlik qoidalarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini aytdi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilgandan keyin Yevropada xavfsizlik qoidalarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini aytdi. Bu haqda 26 noyabrda Associated Press axborot agentligi Yevropaning bir qator nashlariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

“Haqiqat shundayki, Yevropa xavfsizligi qoidalari eskirib qolgan”, deb aytmoqda Stoltenberg. U “bu yangi sovuq urush emas”, lekin “bunga signal” ekanligini aytdi.

Bosh kotibning ta'kidlashicha, Su-24 bilan bog‘liq vaziyat “osoyishtalik va diplomatiyani” talab qiladi. Shu bilan birga Yevropada harbiy faollikni “oydinligi va prognozlashtirishning maksimal darajasi” haqidagi kelishuvni qayta ko‘rib chiqish lozim. Stoltenberg Rossiyani ba'zi bunday kelishuvlardan qochish yoki ulardagi qanday “tirqishlardan” foydalanishda aybladi.

“Biz lunatiklarga o‘xshab qasddan qilinmagan avj oldirish tomon borishimiz kerak emas”, deb aytdi NATO bosh kotibi.

24 noyabrda Suriyaning Xotoy viloyati Yayladog‘i tumanida Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti tomonidan Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti harbiy operatsiyani bajarib ortga qaytayotganda urib tushirildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara vaziyatning bunday avj olishidan imkoni boricha qochgan hamda buni o‘z chegaralarini himoya qilish maqsadida amalga oshirishga majbur bo‘lgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish