Jahon | 14:00 / 26.11.2015
8673
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi

Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi Turkiya uchun sanksiyalar bilan yakun topadi: Moskva u import hajmini cheklab qo‘yadi. Bunday qaror 26 noyabr kuniyoq e'lon qilinishi mumkin, deb yozadi “Kommersant'” gazetasi.

Cheklovlar qo‘yiladigan mahsulotlar ro‘yxati hozircha aniq keltirilgan emas, ta'kidlanishicha, mas'ul shaxslar ushbu masalani o‘rganib chiqmoqda. Taqiqlar Rosselxoznadzor va Rospotrebnadzor tomonidan joriy qilinishi kutilmoqda.
Bu borada yuqorida tilga olingan tashkilotlar hozircha biror rasmiy bayonot bermadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish