Jamiyat | 14:36 / 26.11.2015
5136
1 daqiqa o‘qiladi
Obama politsiyachilar afroamerikalik o‘smirni o‘ldirishi tasvirlangan videodan chuqur qayg‘uga tushganini bildirdi
AQSh prezidenti Barak Obama o‘z feysbukida 2014 yilning oktabrida afroamerikalik 17 yoshli o‘smir Chikago ko‘chalaridan birida oq tanli politsiyachilar tomonidan otib tashlangani videosi internetda paydo bo‘lishi munosabati bilan post qoldirdi.
"Shukronalik kunida turib men shunga o‘xshash noxush voqealar tufayli o‘z yaqinlarini yo‘qotgan kishilarga hamdardligimni bildiraman. Men o‘zim tug‘ilgan shaharda bo‘lib o‘tgan tinch namoyish ishtirokchilarining qayg‘usini tushunaman", deya yozgan Obama.
Biroz oldinroq, Chikago politsiyasi xodimlari ushbu videoni namoyish qilgach, 100 nafarga yaqin kishi shahar markazida miting uyushtirdi.