Jahon | 08:49 / 26.11.2015
2354
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Obamadan Ukrainaga AQSh mudofaa byudjyetidan yordam ajratgani uchun minnatdorligini bildirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti Barak Obamaga "katta moliyaviy ko‘mak", qaysiki AQShning mudofaa byudjyetida Ukraina uchun 300 mln dollar ajratilgani uchun o‘z minnatdorchiligini izhor qildi. Bu haqda Poroshenko tvitterida yozib qoldirgan.

"Prezident Obamaga Ukraina uchun kerakli harbiy yordamni ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildiraman! Bu haqiqiy sheriklik va qo‘llovning namunasidir", degan u.

Biroz oldinroq, Obama mamlakatning yangilangan mudofaa byudjyeti haqidagi qonunni imzolagandi. Yangi qonunga ko‘ra mudofaa byudjyetida avvalgisining muhim jihatlari saqlanib qolgan. Xususan, Kubadagi Guantanamo qamoqxonasi yopilishiga taqiqlov uzaytirilgan.

Shuningdek, qonun Ukrainaga harbiy va razvedka sohalarida 300 mln dollarlik yordam berishga ruxsat beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish