Jahon | 07:22 / 26.11.2015
1808
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Oliy radaga sud islohoti haqidagi qonun loyihasini kiritdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko  Oliy radaga “Ukraina konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi (sud borasida)” qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritdi. Bu haqda Poroshenkoning rasmiy saytida ma'lum qilindi.  

“Bu o‘zgarishlarni Ukraina jamiyati uzoqdan beri kutmoqda, shuning uchun parlamentariylarni qonun loyihasi bilan yaxshilab tanishib chiqib, qish oxirigacha bizda odil sudlov borasida yangilangan konstitutsiya bo‘lishi va biz Ukrainada yuqori darajadagi Yevropa standartlariga mos odil sudlov qurishimiz uchun uni eng qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishini so‘rayman”, deb aytdi Poroshenko.

Qonun loyihasi sud hokimiyatini siyosiysizlashtirilishi va mustaqilligini ta'minlash, sud korpusi uchun talablar va malakaviy standartlarni oshirish, hakamlarning immunitetini o‘z vakolati doirasida cheklash, sud organlari tuzilishi tizimini optimallashtirish, o‘tish paytida sud hokimiyati organlarining uzluksiz va samarali ishini ta'minlashga qaratilgan.

Qonun loyihasi konstitutsion komissiya tomonidan 2015 yil 3 oktabrda tasdiqlangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish