Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin “kimlardir” terrorchilarga yordam berayotganini yana takrorladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomi keltirilmagan kuchlar yoki shaxslarni xalqaro terrorchilikni qo‘llashda aybladi. Bu haqda u bir qator yangi elchilarga ishonch yorliqlarini topshirish chog‘ida aytib o‘tdi.
“Terrorchilarga, ularning neft, inson, giyohvand moddalar, san'at asarlari, qurol savdosiga nafaqat ko‘mak berishmoqda, balki kimlardir bunad pul topishda, yuz millionlab va milliardlab dollar topishda davom etmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
“Biz o‘zimiz terrorga qarshi kurashda ittifoqchimiz deb bilganlar xoinona orqamizdan zarba berishini tushunarsiz holat deb tushunamiz. Ikki kun muqaddam Suriya osmonida sodir bo‘lgan voqea aqlga ham, xalqaro huquqqa ham qarshidir”, - so‘zida davom etdi Putin.
Shuningdek, u Turkiya tomon haligacha uzrini yetkazmaganidan nolidi.
“Go‘yoki Turkiya rahbariyati Rossiya-Turkiya munosabatlarini ataylab boshi berk ko‘chaga suqmoqchi. Biz bundan afsusdamiz”, - ta'kidladi Kreml rahbari.