Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyada S-400 majmuasini ishga tushiradi
Rossiyalik harbiylar Suriya hududida S-400 rusumli havo hujumiga qarshi raketa majmuasini ishga tushiradi. Bu haqda RIA «Novosti» nashri xabar tarqatdi.
Qayd qilinishicha, havo hujumiga qarshi raketa majmuasi bir kun davomida Podmoskovya harbiy-transport aviatsiyasi orqali yetkazib beriladi.
Raketa majmuasining Suriyaga olib kirilishiga hududda parvoz qilayotgan Rossiya samolyotlarini himoya qilishi zaruriyati sabab sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Putin Mudofaa vazirligining S-400 Xmeymimdagi qarorgohga o‘rnatish bo‘yicha taklifiga rozilik bergandi.