20:41 / 26.11.2015
4966

Rossiya TIV: Turkiya HHK Su-24 bilan aloqa o‘rnatishga urinmagan

Turkiya Harbiy havo kuchlari Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirishdan oldin uchuvchilar bilan aloqaga chiqmagani va ogohlantirmagani yana bir bor ta'kidlandi. Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot bergan.

"Aniq ma'lumotlarga ko‘ra, bizning samolyotimiz Turkiya bilan chegarani buzib o‘tmagan. Buni Suriyaning Havo hujumidan mudofaa markazi ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, Xmeymim aerodromidagi razvedka xizmatlari ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya qiruvchi samolyoti Suriyaning havo kengliklariga buzib kirgan", deydi u.

Zaxarovaning qayd etishicha, Turkiya tomoni Rossiya samolyotidagilar bilan hech qanday aloqa o‘rnatmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.

Top